Qoidalar
Kim qatnasha oladi
Faqat Instagram profillari. Boshqa havolalar — sayt, Telegram kanali, YouTube — qabul qilinmaydi.
Taqiqlangan mavzular
- Qimor va tikish o'yinlari
- Alkogol va tamaki mahsulotlari
- Litsenziyasiz moliyaviy xizmatlar va kreditlar
- Litsenziyasiz tibbiy xizmatlar va dori savdosi
- Kripto loyihalar — NAPP litsenziyasi bo'lmasa
- Moliyaviy piramidalar va tez boyish va'dalari
- 18+ kontent
- Qurol, portlovchi moddalar
- Soxta hujjatlar va diplomlar
Takroriy profil
Bitta profil reytingda bir marta turadi. Xuddi shu profil uchun yangi to'lov qilinsa, yangi yozuv ochilmaydi — pul mavjud summaning ustiga qo'shiladi.
Tekshiruv
Har bir yangi yozuv admin tomonidan ko'rib chiqiladi. Admin sababni tushuntirmasdan ham rad etish huquqiga ega — bunday holatda pul to'liq qaytariladi.
Qoidabuzarlik
Yuqoridagi qoidalar buzilgani aniqlansa, profil reytingdan olib tashlanadi va bu holatda pul qaytarilmaydi.
Chargeback
Bankdan pulni majburan qaytarib olish urinishi qayd etilsa, profil darhol reytingdan chiqariladi va qayta qabul qilinmaydi.